» » Liviya HHKning MiG-21 qiruvchisi mamlakat sharqida halokatga uchradi

Liviya HHKning MiG-21 qiruvchisi mamlakat sharqida halokatga uchradi


Liviya milliy armiyasi harbiy-havo kuchlari samolyoti mamlakat sharqida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Qurolli kuchlar bosh qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, MiG-21 Misr bilan chegara yaqinidagi Tobruk shahri hududida texnik nosozlik tufayli qulab tushgan. Qiruvchini ushbu hududda joylashgan aviabaza qo‘mondoni brigada generali Solih Muhammad Jauda boshqargan. U katapulta qilishga ulgurmay qoldi va halok bo‘ldi.

General ushbu shaharda tayanch nuqtasi bo‘lgan, “Al-Qoida” bilan bog‘liq “Derna mujohidlari shura kengashi” jangarilari joylashgan nuqtalarga hujumlar bergani ma’lum.

Ta’kidlanishicha, Liviya milliy armiyasining bir vaqtning o‘zida bir nechta frontlarda radikal guruhlarga qarshi kurash olib borayotgan kuchlari bir nechta uchar qurilmalarini yo‘qotgan.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют