» » Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuz bergan otishmada qirg‘iz harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi

Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuz bergan otishmada qirg‘iz harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi


Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuz bergan otishmada harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati vakillariga ko‘ra, birinchi bo‘lib tojik tomoni o‘t ochgan. Buning oqibatida qirg‘iz chegarachisi halok bo‘lgan.

Mojaroga Tojikiston fuqarolari chegaraning aniq belgilanmagan hududida qurilish ishlarini olib borgani sabab bo‘lgan. Bunga javoban qirg‘iz fuqarosi o‘sha yerda joylashgan uyining atrofida devor aylantirishga kirishgan. Keyinchalik tomonlar o‘rtasida dahanaki tortishuv boshlangan va shundan so‘ng otishma yuz bergan.

Qirg‘iziston davlat chegara xizmati vakillari tojik harbiylari ularning “Maksat” va “Soy” chegara postlarini o‘qqa tutganini da’vo qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют