» » Xitoy sanoatida o‘sish so‘nggi 17 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi

Xitoy sanoatida o‘sish so‘nggi 17 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi


Avgust oyida Xitoy sanoatida ishlab chiqarish 2018-yilning ushbu davriga nisbatan 4,4 foizga o‘sgani ma’lum bo‘ldi. Bu Xitoy sanoatida oylik ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2002-yilning fevralidan buyon kuzatilgan eng past natija hisoblanadi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Xitoy milliy statistika byurosi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyidagi o‘sish iyul oyiga qaraganda 0,4 foizga sekinlashgan.

Xitoy iqtisodiyotida 17 yildan buyon birinchi bor qayd etilgan bu kabi past ko‘rsatkichga AQSh bilan sodir bo‘layotgan savdo urushi va ichki talabning pasayishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, sanoat ko‘rsatkichlarining pasayishiga 1-oktabr kuni Xitoy respublikasi tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish cheklanganiga bog‘liqligi aytilmoqda. Avgust oyida Xitoyda chakana savdoning o‘sishi sekinlashdi va tahlilchilar taxmin qilgan 7,9 foizni emas, 7,5 foizni tashkil etdi. Ikkinchi chorakda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti so‘nggi 30 yil ichida eng past— 6,2 foiz o‘sishni ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют