» » Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi

Samsung kompaniyasi Galaxy S8’ni kompyuterga aylantiruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish qildi


Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini stol kompyuteriga ulash imkonini beruvchi DeX dok-stansiyasini namoyish etdi, deb yozadi TJournal. U tasvirni tashqi monitorga chiqarish hamda klaviatura va sichqoncha kabi aksessuarlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu haqda kompaniya vakillari Nyu-Yorkdagi taqdimotda gapirib berdi.

Dok-stansiya USB-kabel orqali ulanadigan yangi Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma yana bitta USB, HDMI-yo‘lagi, Ethernet-port, USB Type-C razyomi va sovitish uchun ventilyator bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfonni Adaptive Fast Charging simsiz texnologiyasi yordamida quvvatlantirish mumkin.

DeX monitor va aksessuarlarga ulangach, Galaxy S8’dagi Android mobil operatsion tizimi stol kompyuteriniki kabi tus oladi: ekran oriyentatsiyasi o‘zgaradi va yangi boshqaruv elementlari paydo bo‘ladi. Android’ning o‘zgargan interfeysi to‘la-to‘kis brauzer orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta oynalarni boshqarish imkonini beradi.

Samsung VMware, Adobe va Microsoft bilan hamkorlik qiladi, shu tufayli dok-stansiya yordamida Windows dasturlarini masofadan boshqarish, shuningdek, virtual ish stoli, MS Office paketi hamda Adobe Acrobat Reader va Lightroom Mobile dasturlaridan foydalanish mumkin.

DeX Galaxy S8 bilan bir vaqtda — 2017-yil 21-aprelda sotuvga chiqadi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют