» » O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi


O‘zbekiston 2020-yili bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichiga mezbonlik qiladi.

17-sentabr, seshanba kuni Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma’qullandi.

Shuningdek, U-16 Osiyo chempionatining mezbonlik huquqi Bahraynga berilgan.

Ma’lumot uchun, U-19 Osiyo chempionati bahslari taqvimga ko‘ra, 2020-yilning 14—31-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr, dushanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют