» » Huawei kompaniyasi O‘zbekiston aloqa operatorlari bilan ma’lumot uzatishda istiqbolli tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha qarashlarini bildirdi

Huawei kompaniyasi O‘zbekiston aloqa operatorlari bilan ma’lumot uzatishda istiqbolli tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha qarashlarini bildirdi


2019-yilning 16-sentabr kuni Huawei kompaniyasi O‘zbekiston aloqa operatorlari uchun AKT sanoati vakillari o‘rtasida muvaffaqiyatli aloqa uchun platforma tashkil etish maqsadida “IP GALA 2019” forumini o‘tkazdi. 5G asrida transport tarmoqlari, IP tarmoqlari rivojlanishi, ma’lumotlarga ishlov berish markazlari operatorlik tarmoqlari, avtomatlashtirish hamda sun’iy Intellekt kabi mavzular asosiy muhokamalar markazida bo‘ldi.

Forumda ma’ruzachilar 5G asrida IP-tarmoqlar va bulutli texnologiyalarni rivojlantirish tendensiyalari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini avtomatlashtirish muammolari va yechimlari, 5G asrida transport tarmoqlarini joriy etish va ekspluatatsiya qilish tajribasi, SRv6 (segment Routing v6) protokolidan foydalanish, shuningdek, Telco – Cloud innovatsion strategiyasi va NCE yechimidan foydalanish misollari haqida so‘zlab berdi.

“5G asri allaqachon boshlangan va tezlashib bormoqda. Huawei kompaniyasi bugungi kunda 5G tarmoqlarini ishga tushirish bo‘yicha 50 dan ortiq tijorat shartnomalarini imzoladi va butun dunyo bo‘ylab 150 mingdan ortiq baza stansiyalarini yetkazib berdi. Aloqa operatorlarining beshinchi avlod tarmoqlariga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda transport tarmoqlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratish lozim”, — deydi Huawei O‘zbekiston operator segmenti direktori Ju Junyan.

Tadbir so‘ngida aloqa operatorlari va Huawei kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Telekom-sanoatni rivojlantirish va AKT sohasining bugungi holati, shuningdek, transport tarmoqlarining o‘rni muhokama qilindi. Ma’ruzachilar transport tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda transport tarmoqlarining eng ustuvor yo‘nalishlarini aniqladilar. Nazoratchilar darajasida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va muammolarni hal qilish yo‘llari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Transport tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha operatorlar xodimlarining malakasini oshirish ham muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

“IP-GALA” O‘zbekiston hududida ilk marotaba bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum Rossiya va Belarus aloqa operatorlarini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan mintaqaviy miqiyosdagi tadbir sanalib, ayni damda Qozog‘istonda ham tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

“IP GALA 2019” 2019-yil 24—27-sentabr kunlari UzExpoCenter markazida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston AKT haftaligi boshlanishi arafasida tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, oldindan turgan mazkur forumda Huawei kompaniyasi 5G texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan o‘z yechimlari va muvaffaqiyatli loyihalarini namoyish etadi, elektron hukumat va xavfsiz shaharlarni joriy etish tajribasini o‘rtoqlashadi hamda innovatsion intellektual qurilmalarini taqdim etadi. Biz barchani Huawei stendiga tashrif buyurib, AKT haftaligi doirasidagi forumda qatnashishga chorlaymiz.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют