» » Andromeda galaktikasi yorqinroq bo‘lganda yulduzli osmon qanday ko‘rinardi?

Andromeda galaktikasi yorqinroq bo‘lganda yulduzli osmon qanday ko‘rinardi?


Aslini olganda galaktika Oydan olti marta katta, lekin odamlar buni ko‘ra olmaydi. Tjournal ushbu ma’lumotni qisqacha tahlil qilgan.

Andromeda — bu Somon yo‘liga eng yaqin joylashgan galaktika. U sayyoramizdan 2,5 million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va taxminan trillion yulduzga ega. Bu Somon yo‘lidagi yulduzlar sonidan bir necha barobarga ko‘p degani.

Agar Andromeda galaktikasi yulduzlari yorqinroq nur sochganda bu osmonda Oydan kelayotgan yorug‘likdan olti barobar ko‘proq bo‘lardi. Ammo inson ko‘zi uchun Adromeda galaktikasi kichik nur parchasidek ko‘rinaveradi.

Reddit foydalanuvchisi Tom Bakli-Xyuston tajriba tariqasida yulduzli osmonda Anromeda galaktikasi yorug‘ligini oshirdi va solishtirish uchun uni oy bilan yonma-yon joylashtirdi.

Astronom Alan MakKonnaxining aytishicha, ultrabinafsha rasmlariga ko‘ra Anromeda galaktikasining haqiqatan ham yulduzli osmonda Oydan olti marta katta. Ammo yorqin yulduzlarning katta qismi galaktika markazida joylashgan, shu sababli uning chekkalaridagi yulduzlar xira nur sochadi. Andromedaning to‘liq masofasi hisobga olinsa, u osmonda Oydan yorqinroq 40 ta Oy hosil qilish quvvatiga ega ekan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют