» » Prezident “O‘zmaxsusmontajqurilish”, “O‘zyog‘moysanoat” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ni tanqid qildi

Prezident “O‘zmaxsusmontajqurilish”, “O‘zyog‘moysanoat” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ni tanqid qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-sentabr, seshanba kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat sanoatini zamon talablari asosida rivojlantirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

“Eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga yo‘naltirilgan sanoat siyosatini yuritishimiz zarur. Mavjud xomashyo va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va ko‘lamini keskin kengaytirish ushbu sanoat siyosatining negizi bo‘lishi kerak”, — dedi videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Tarmoqlar va yirik korxonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalasi muhokama qilinar ekan, 2019-yilning o‘tgan davrida yangi loyihalar doirasida bor-yo‘g‘i 1 milliard dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilgani qoniqarsiz deb baholangan.

Bu boradagi ishlar sust tashkil etilgan. “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalar faoliyati tanqid qilingan.

Prezidentning “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallarning yangi turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar ham tahlil qilingan.

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, elektron kooperatsiya portalini tezroq ishga tushirib, sanoat mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini elektron tuzish ko‘lamini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют