» » Prezident bosh vazirga Toshkent mexanika zavodida maishiy texnika ishlab chiqarish klasterining o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash haqida ko‘rsatma berdi

Prezident bosh vazirga Toshkent mexanika zavodida maishiy texnika ishlab chiqarish klasterining o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr, seshanba kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi. Yig‘ilishda, xususan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda yetakchi bo‘lgan yirik loyihalarni o‘z muddatida amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, “Navoiyazot” negizida 100 ming tonna polivinilxlorid, Toshkent metallurgiya zavodida 500 ming tonna metall prokati, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida 744 ming tonna dizel yoqilg‘isi, Toshkent mexanika zavodida maishiy texnika ishlab chiqarish klasteri, “Kvars”, “Sirdaryo Glass” va “Zarafshon oyna” korxonalarida oyna ishlab chiqarish loyihalari yiliga 2,5 milliard dollar miqdorida mahalliylashgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

“Bundan tashqari, ularning atrofida boshqa kichik ishlab chiqarishlar ham rivojlanadi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bosh vazir va Hisob palatasi rahbariga ushbu yirik loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan axborotda.

Mahalliylashtirishni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilar ekan, bunday loyihalarni amalga oshirishda hukumat huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik berish va kredit foiz stavkasini qisman qoplash tizimidan foydalanish kerakligi ta’kidlangan.

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha uzaytirib to‘lash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirgan korxonalarning tayyor mahsulotlarini sertifikatlash va standartlashtirish masalalarida ko‘maklashish mumkinligi qayd etilgan. Bundan tashqari, davlat xaridlarida mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish va rag‘batlantirish, tashqi savdoni tarif usuli bilan boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ham ustuvor vazifalar belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют