» » Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyaga tashrif buyurdi

Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyaga tashrif buyurdi


Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyaga tashrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.

O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar doirasida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, mintaqadagi transport va infratuzilma loyihalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Ular, shuningdek, Gruziyada O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasini ochish istiqbollarini muhokama qildi. Safoyev Kobaxidzeni O‘zbekistonga taklif qildi.

O‘zbekiston  delegatsiyasi, shuningdek, Gruziya iqtisodiyot vaziri Georgiy Gaxariya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar eksport salohiyatini oshirish, erkin savdo rejimida mahsulotlar tranzitini yo‘lga qo‘yish va ikki tomonlama huquqiy bazani takomillashtirishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Gruziya vakillari turizm, aloqa va tashqi savdo kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi va yangi loyihalar rejalarini belgilab oldi.

Transport sohasi va yuklar tranziti Gruziya—O‘zbekiston ikki tomonlama aloqalarining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют