» » Shavkat Mirziyoyev barcha kichik sanoat zonalarida import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev barcha kichik sanoat zonalarida import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-sentabr, seshanba kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni keskin kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama etilgan.

2019-yilda hududiy import o‘sishi tarmoqlardagiga nisbatan ikki barobar yuqori bo‘lishi kuzatilmoqda. “Bu hududlarda ishlab chiqarishni keskin ko‘paytirish uchun katta ehtiyoj borligini yaqqol ko‘rsatadi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Masalan, yaqinda soha vakillaridan iborat ishchi guruhlar to‘rtta shaharga borib, Angrenda 38 ta, Navoiyda 13 ta, Namanganda 29 ta va Chirchiqda 18 ta yangi mahalliylashtirish loyihasini shakllantirgan. Videoselektorda shu tartibda har bir hudud bo‘yicha mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan.

Tayyor yer maydonlari, binolar va infratuzilmaga ega bo‘lgan kichik sanoat zonalari bu borada imkoniyat yaratadi. Lekin O‘zbekistonda 156 ta ana shunday zonadagi loyihaning atigi 13 foizi mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. 80 ta shahar va tumanda birorta ham mazkur turdagi hudud tashkil qilinmagan.

“Mutasaddilarga barcha kichik sanoat zonalarida import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish, o‘sha 80 ta shahar va tumanda shunday zonalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют