» » Sankt-Peterburgdagi Burger King kafesida o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgan edi. Uning pichoqlab o‘ldirilgani aytilmoqda

Sankt-Peterburgdagi Burger King kafesida o‘zbekistonlik yigitning jasadi topilgan edi. Uning pichoqlab o‘ldirilgani aytilmoqda


16-sentabr, dushanba kuni Sankt-Peterburgda Burger King kafesining yordamchi xonasida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi 2019-yilning 14-sentabr kuni shahardagi ovqatlanish punktlaridan birining omborida O‘zbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilganini tasdiqlagan.

Politsiya o‘limga pichoqdan olingan jarohat sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ayni paytda tegrovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatdi hamda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют