» » Amazon egasi Bloomberg versiyasi bo‘yicha eng boy odamlar reytingida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi

Amazon egasi Bloomberg versiyasi bo‘yicha eng boy odamlar reytingida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi


Amazon internet-do‘koniga egalik qiluvchi shu nomli kompaniya rahbari tadbirkor Jeffri Bezos 29-mart, chorshanba kuni dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda Bloomberg agentligining so‘nggi hisob-kitoblari dalolat bermoqda.

Bungacha ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasini Berkshire Hathaway investitisiya xoldingi xo‘jayini, amerikalik taniqli moliyachi Uorren Baffet egallab kelar edi. So‘nggi fond savdolari yakunlari bo‘yicha Bezos Baffetni ortda qoldirdi.

Bezosning davlati endi 75,6 milliard dollarga baholanmoqda, o‘tgan suka ichida u 1,49 milliard dollarga ko‘paydi. Chorshanba kungi savdo sessiyasi chog‘ida Amazon kapitalizatsiyasi taxminan 9 milliard dollarga o‘sdi. Baffet aktivlarining jami qiymati 74,9 milliarddan oshadi, u 24 soat ichida 809 million dollarga kamaydi.

Sayyoraning eng badavlat odami esa ko‘p yillardan buyon Microsoft dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchi kompaniya asoschilaridan biri Bill Geyts hisoblanadi. Uning hisobida, Bloomberg’ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 86 milliard dollar bor.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют