» » AQSh hukumati Edvard Snoudenni yangi kitobi sabab sudga berdi

AQSh hukumati Edvard Snoudenni yangi kitobi sabab sudga berdi


AQSh hukumati Amerika maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden o‘zining “Shaxsiy ish” nomli kitobini chiqargani sabab uning ustidan sudga da’vo arizasini berdi. Bu haqda AQSh adliya vazirligiga tayanib, Meduza xabar qildi.

Da’vo mualliflarining hisoblashicha, Snouden kitob chiqarib, razvedka haqida bayonot bergan va MRB hamda MXAning maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvini buzgan.

Da’vogarlar Snoudenning kitobi sotilmasligini emas, balki kitob savdosidan tushadigan barcha mablag‘lar AQSh hukumatiga berilishini talab qilmoqda.

Bunga javoban Edvard Snouden o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Amazon’da kitobni xarid qilish mumkin bo‘lgan havolani joylashtirib, “Hukumat sizlarning ushbu kitobni o‘qishingizni xohlamayapti”, deya izoh qoldirgan.

“Shaxsiy ish” kitobi 17-sentabrdan sotuvga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют