» » “Yandeks.Taksi” servisi IPO oldidan 8,5 milliard dollarga baholandi

“Yandeks.Taksi” servisi IPO oldidan 8,5 milliard dollarga baholandi


Yirik investitsiya banklari “Yandeks.Taksi” servisini 7,7—8,5 milliard dollarga baholadi. Bu haqda Bank of America, UBS, Goldman Sachs hamda Sberbank SIB tahlilchilariga tayanib Meduza xabar berdi.

Forbes jurnalining Bloomberg agentligiga tayanib ma’lum qilishicha, “Yandeks”ning jami kapitalizatsiyasi 12,4 milliard dollarga teng. “Yandeks.Taksi”ning xorijlik raqobatchilari — Uber va Lyft esa tegishli ravishda 60,8 hamda 17,4 milliard dollarga baholangan.

Avvalroq, kompaniya “Yandeks.Taksi” 2019 yoki 2020-yilda IPO (aksiyalarini birlamchi e’lon qilish) o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

2017-yili “Yandeks” va Uber’ning o‘zaro bitimida “Yandeks.Taksi” 3,8 milliard dollarga baholangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют