» » Ivanka Tramp rasman davlat xizmatchisiga aylanadi

Ivanka Tramp rasman davlat xizmatchisiga aylanadi


AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Oq uyda davlat xizmatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, biroq buning uchun maosh olmaydi. Bu haqda uning 29-mart, chorshanba kuni The New York Times gazetasi saytida e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Ivanka Tramp AQSh yetakchisining maslahatchisi vazifasini bajaradi va rasman davlat xizmatchisi sanaladi. Uning lavozimi — prezidentning maxsus yordamchisi, Ivanka uchun Oq uyda alohida kabinet ham ajratilgan.

Oldinroq Ivanka otasining norasmiy maslahatchisi bo‘lishini bildirgandi. Biroq bu qaror Ivanka Tramp shu tariqa ayrim qoidalarga rioya etishdan xoli bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan etika bo‘yicha mutaxassislar tanqidiga uchradi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют