» » O‘zbekistonda neft qazib olish va benzin ishlab chiqarish hajmi pasayishda davom etmoqda

O‘zbekistonda neft qazib olish va benzin ishlab chiqarish hajmi pasayishda davom etmoqda


O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—avgust oylarida 679,5 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkich (764,1 ming tonna)dan 11,1 foizga kam.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmi ham 2018-yilning dastlabki sakkiz oyidagi 730,1 ming tonnadan 2019-yilda 701,2 ming tonnagacha — 4 foizga qisqargan.

E’tiborli tomoni, O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi ham qisqargan — 2018-yilning yanvar—avgustida salkam 500 ming tonna “qora oltin” qazib olingan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich 6,5 foizga kamayib, 467,2 ming tonnani tashkil etgan.

Bundan tashqari, 2019-yilning yanvar—avgust oylarida 40,33 milliard kubometr tabiiy gaz (2018-yilga nisbatan 0,2 foizga ko‘p), 1,38 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olingan (o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga kam).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют