» » Scoot va Emirates kompaniyalari samolyotlari Singapur aeroportida to‘qnashib ketdi

Scoot va Emirates kompaniyalari samolyotlari Singapur aeroportida to‘qnashib ketdi


Singapurning Changi aeroportida 30-martga o‘tar kechasi Scoot va Emirates aviakompaniyalarining yo‘lovchi laynerlari to‘qnashib ketdi, deb yozadi “TASS” Singapurning arzon aviatashuvchisi vakillariga tayanib.

Kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Scoot kompaniyasining Boeing 787 samolyoti bortida 303 yo‘lovchi bo‘lgan, Emirates layneridagi yo‘lovchilar soni ma’lum qilinmayapti. Tarqalgan suratlarga qaraganda, samolyotlarning qanoti, shuningdek, kil qismi zarar ko‘rgan.

“Ayni paytda hukumat kompaniya, shuningdek, Changi aeroporti vakillari bilan hamkorlikda hodisa sabablarini aniqlashtirmoqda”, — deyiladi Singapur aviatashuvchisi bayonotida.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют