» » Turkiya Suriyadagi “Frot qalqoni” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganligini ma’lum qildi

Turkiya Suriyadagi “Frot qalqoni” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganligini ma’lum qildi


Turkiya qurolli kuchlarining Suriya shimolidagi “Frot qalqoni” harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Hurriyet nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Bu haqda Turkiya milliy xavfsizlik kengashining mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi majlisida ma’lum qilindi.

Unda mamlakat xavfsizligini ta’minlash, IShID tahdidini bartaraf etish maqsadida boshlangan “Frot qalqoni” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganligi ta’kidlandi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Anqara “Frot qalqoni” harbiy operatsiyasi bo‘yicha Moskva bilan ziddiyatlarga ega emasligini ma’lum qilgan edi.

Turkiya 2016-yilning 24-avgustida Suriya shimolida IShID jangarilariga qarshi “Frot qalqoni” operatsiyasini boshlagan edi. Ikki mamlakat chegarasi yaqinida joylashgan Jarablus va Al-Bob shaharlari qo‘lga kiritilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют