» » O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi kursantlar paxta terimiga jalb etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi kursantlar paxta terimiga jalb etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi


10-sentabr kuni ayrim internet-nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im-terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha “tilxat”lar olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati ushbu ma’lumotni rad etib chiqdi.

“Bugungi kunda Bojxona institutida o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja asosida uzilishlarsiz davom etmoqda. Institut kursantlarini paxta yig‘im-terim mavsumiga jalb etish bo‘yicha biror bir buyruq qabul qilinmagan”, — deyiladi qo‘mita axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, barcha shaxsiy tarkib o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi ham vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari kursantlari paxta yig‘im-terimiga olib chiqilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etib chiqqan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston IIV: Vazirlik akademiyasi kursantlarini paxta terimiga jalb etish bo‘yicha hujjat qabul qilinmagan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют