» » Qoraqo‘tonda o‘zboshimchalik bilan oltin qazimoqchi bo‘lganlarni tosh bosib qoldi. U yerda ko‘ngilsiz hodisalar muntazam yuz beradi

Qoraqo‘tonda o‘zboshimchalik bilan oltin qazimoqchi bo‘lganlarni tosh bosib qoldi. U yerda ko‘ngilsiz hodisalar muntazam yuz beradi


O‘zboshimchalik bilan oltin qazish chog‘ida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Fojia 17-sentabr kuni taxminan 18:30 da Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zaxirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada sodir bo‘lgan.

Uch nafar oltin qazuvchini tog‘ toshi bosib qolgan — ikki nafari hodisa joyida vafot etgan bo‘lsa, uchinchi fuqaro tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

“Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

2014-yilda Qoraqo‘ton konida xizmat vazifasini bajarayotgan huquqni muhofaza qilish organi xodimi qasddan o‘ldirilgan edi. 2019-yil martida kondan 60 kilogramm qimmatbaho ruda toshlarini talon-toroj qilayotgan uch yigit qo‘lga olingan edi. Aprel oyida esa qimmatbaho ruda toshlarini talon-toroj qilish bilan shug‘ullanib kelgan, “Burqut” nomi bilan tanilgan butun boshli jinoiy to‘da fosh etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют