» » Xitoyning dunyodagi eng yirik AG600 samolyot-amfibiyasi ilk parvozini may oyida amalga oshiradi

Xitoyning dunyodagi eng yirik AG600 samolyot-amfibiyasi ilk parvozini may oyida amalga oshiradi


Xitoylik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi eng yirik AG600 samolyot-amfibiyasi o‘zining ilk sinov parvozini shu yil may oyida amalga oshirishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xitoy xalqaro radiosiga ko‘ra, birinchi parvoz yer ustida o‘tkaziladi. Yilning ikkinchi yarmida esa AG600 suv yuzasida sinab ko‘riladi.

“Biz elektr ta’minoti bort tizimi, boshqaruv tizimi va gidravlikadagi sinovlarini yakunladik. Shu oy oxirida tebranish bo‘yicha sinovlarni boshlaymiz va ular 20 kun atrofida davom etadi. Shundan so‘ng parvoz sanasi samolyot va uchuvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi qurilma bosh konstruktori o‘rinbosari Van Chjenlun.

Ma’lumot uchun, Xitoy aviasozlik korporatsiyasi (AVIC) tomonidan yaratilgan AG600 suv samolyoti o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash va qutqaruv operatsiyalari uchun mo‘ljallangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют