» » To‘lqin Abdusattorov adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi

To‘lqin Abdusattorov adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi


Prezident qaroriga muvofiq To‘lqin Abdusattorov adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

To‘lqin Abdusattorov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

To‘lqin Abdusattorov mehnat faoliyatini 2003-yilda Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019-yil mart oyidan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Qonunchilik palatasi deputati, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Rahim Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qonunchilik palatasi deputati Rahim Hakimov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют