» » Janubiy Koreya rasmiy vakili: KXDR yaqin orada yangi turdagi yadro qurilmasi sinovini o‘tkazishi mumkin

Janubiy Koreya rasmiy vakili: KXDR yaqin orada yangi turdagi yadro qurilmasi sinovini o‘tkazishi mumkin


KXDR yaqin orada yangi turdagi yadro qurilmasi sinovini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi rasmiy vakili No Chje Chxon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Harbiylarimiz amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda Shimolning harakatlarini sinchiklab kuzatib bormoqda. Pxenyan bu gal oldinlari tajriba qilib ko‘rilganlaridan o‘zgacha yadro qurilmasi sinovini o‘tkazishi ehtimoldan xodi emas”, — deya ta’kidladi rasmiy vakil.

KXDR shimolidagi Pungyo-ri poligonining sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan suratlarini tahlil qilgan 38 North portali (AQSh) mutaxassislari ham Shimoliy Koreya navbatdagi, oltinchi yadro sinoviga tayyorgalik ko‘rayotganini taxmin qildi.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya 2006, 2009, 2013 va 2016-yillarda 5 marotaba atom sinovini o‘tkazgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют