» » Airbus: Dunyoga 39 mingta yangi samolyot kerak bo‘ladi

Airbus: Dunyoga 39 mingta yangi samolyot kerak bo‘ladi


Airbus aviasozlik konserni yo‘lovchi va yuk aviatashuvlarining 20 yillik taraqqiyot prognozini e’lon qildi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Hujjatga ko‘ra, 2038-yilga borib aviakompaniyalarga 39 mingta yangi samolyot kerak bo‘ladi.

Jahon yo‘lovchi va yuk tashuvchi samolyotlar 2038-yilga borib ikki barobardan ham ko‘proqqa oshadi — hozirgi 23 mingdan 48 mingtagacha yetadi.

Kompaniya mutaxassislarining taxminiga ko‘ra, ayni vaqtda foydalanilayotgan samolyotlardan faqat 8470 tasi 20 yildan keyin ham uchishga yaroqli holatda bo‘ladi.

Airbus ma’lumotlari bo‘yicha aviatashuvlar yiliga taxminan 4,3 foizga o‘sadi. Bu esa qo‘shimcha 550 ming uchuvchi va 640 ming texnik xodimni talab qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют