» » Prezident suv xo‘jaligi tizimiga innovatsiyalar kiritish uchun “Loyihalash guruhi”ni tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi

Prezident suv xo‘jaligi tizimiga innovatsiyalar kiritish uchun “Loyihalash guruhi”ni tashkil etish haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr, payshanba kuni suv resurslarini boshqarish tizimini isloh qilish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda suv xo‘jaligida ilm va innovatsiyani jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lash masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish, talabalarda loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish, xorijiy tajriba va mutaxassislarni jalb qilgan holda tizimga innovatsiyalar kiritish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Loyihalash guruhi”ni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Barcha yirik loyihalarda ilmiy xodimlar va iqtidorli talabalarni obyektlarga biriktirish, ularning xorijda malaka oshirishiga ko‘maklashish hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni ushbu loyihalar doirasida amaliyotga tatbiq etish lozimligi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют