» » Sony World Photography Awards tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi (fotogalereya)

Sony World Photography Awards tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi (fotogalereya)


Dunyoning eng nufuzli fototanlovlaridan biri — Sony World Photography Awards hay’ati ochiq nominatsiya bo‘yicha 2017-yilgi g‘oliblarni e’lon qildi. Ekspertlar o‘nta yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi bir kishilik fotosuratlarni tanlab oldi, shuningdek, milliy tanlovlar g‘oliblarini aniqladi. “AiF” ishtirokchilarning eng yaxshi asarlarini taqdim etdi.

“Portret” yo‘nalishida 1-o‘rin. Rossiyalik fotosuratchi Aleksandr Vinogradovning “Leon” kinofilmidan ilhomlangan “Matilda” asari.

“Yovvoyi tabiat” yo‘nalishida 1-o‘rin. Namibiyaning Uolfish-Bey sayozligidagi flamingolar.

“Sayohat” yo‘nalishida 1-o‘rin. Kaliforniyadagi Roy’s Caf?, benzokolonka va motel.

“Madaniyat” yo‘nalishida 1-o‘rin. 1300 dan ortiq kishi tayszisyuanni mashq qilmoqda.

“Me‘morchilik” yo‘nalishida 1-o‘rin. “Ko‘z” deb nomlanuvchi surat Berlinda Shpreye daryosi yaqinida olingan.

“Tabiat” yo‘nalishida 1-o‘rin. Surat “Chegara” deb ataladi.

“Oddiy hayot” yo‘nalishida 1-o‘rin. Rossiyalik fotosuratchi Sergey Dibsevning “Dengizda tong” deb nomlangan surati.

Bangladeshlik milliy tanlov g‘olibi. Hindistonning Kalkutta shahridagi Xovrax ko‘prigi ostida qish tongi.

Saudiya Arabistonidan milliy tanlov g‘olibi. “Baliqchi” surati.

Milliy tanlovning serbiyalik g‘olibi. Fotosurat Xorvatiyaning Pula shahrida Massive Attack guruhi konsertida olingan.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют