» » Surxondaryoning Boysun hamda Qumqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Surxondaryoning Boysun hamda Qumqo‘rg‘on tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi


19-sentabr, payshanba kuni Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Surxondaryo viloyati axborot xizmati rahbari Zahiriddin To‘rayev ma’lum qildi.

Sessiyada O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Boysun tumani hokimi vazifasidan ozod qilinib, shu kungacha Sariosiyo tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Asqarali Jo‘rayev Boysun tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Asqarali Jo‘rayev 1972-yilning 17-martida Denov tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2016-yilda Sariosiyo tumani hokimi etib tayinlangan. Unga qadar esa Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, 19-sentabr kuni Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada Normo‘min Choriyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Uning o‘rniga shu kungacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahmatullo Gapparov Qumqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.

Rahmatullo Gapparov 1984-yilning 24-mayida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. 2018-yilda Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. Unga qadar, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют