» » “O‘zstandart” elektrotexnika importini cheklashni taklif qilmoqda

“O‘zstandart” elektrotexnika importini cheklashni taklif qilmoqda


“O‘zstandart” agentligi O‘zbekistonga elektrotexnika olib kirishning yangi tartibini joriy etish taklif qilinayotgan Vazirlar Mahkamasi qarorini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi, deb yozadi Spot.

Ushbu taklifga muvofiq, respublika hududlarida kamida bitta servis markaziga ega bo‘lgan zavodning rasmiy vakillari yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlari elektrotexnika mahsulotlarini mamlakatga olib kirish bilan shug‘ullana oladi.

Yangi tartibni 2020-yilning 1-yanvaridan joriy etish taklif qilinmoqda.

Yangi tartib qo‘llaniladigan elektrotexnika vositalari ro‘yxati ham keltirilgan:

Spot bilan suhbatlashgan bozor ekspertlari agar hujjat ushbu shaklda qabul qilinsa, bu butun bozorga ta’sir qilishini aytgan.

Misol uchun, Apple mahsulotlari Amerika kompaniyasining vakillari tomonidan import qilinishi kerak va har bir mintaqada kamida bitta Apple xizmat ko‘rsatish markazi paydo bo‘lishi kerak. Boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ham xuddi shunday.

Avvalroq “O‘zstandart” avval foydalanilgan kiyimlar, texnika, ehtiyot qismlari va shinalar importini taqiqlashni taklif qilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют