» » Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi


19-sentabr, payshanba kuni Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yig‘ilishda Xolmamat Samatov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xolmamat Samatov shu kunga qadar Qumqo‘rg‘on tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, yig‘ilishda shu kungacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Chori Begimqulov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют