» » Dream City Development muvaffaqiyatli faoliyatining dastlabki yili natijalari haqida gapirib berdi

Dream City Development muvaffaqiyatli faoliyatining dastlabki yili natijalari haqida gapirib berdi


199.500 m2 qurilish maydoni, 230.000 m2 dan ziyod qurib bitkazilgan turar joy va tijorat maskanlari, 122 nafar xorijiy mutaxassislar, 8.000 soat to‘xtovsiz ishlar va 1.700 dan ortiq Tashkent City’dagi apartamentlarning baxtli egalari.

2018-yilning 18-sentabr kuni Dream City Development kompaniyasi o‘zining ilk mijozlariga eshiklarini ochgan edi. Kompaniya O‘zbekiston bozoriga ulkan maqsadlari va kelajakdagi katta rejalari bilan kirib kelgan bo‘lib, o‘zining debyut loyihasi – Tashkent City hududida joylashgan yuqori darajadagi Gardens Residence turar joy majmuasini taqdim etgan edi. Bir necha oylardan so‘ng esa kompaniya jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan va xalqaro ishbilarmonlik markazida joylashgan ikkinchi loyihasi – Boulevard turar joy majmuasini namoyish etdi.

Gardens Residence’da ko‘chmas mulk savdosi boshlangan kun eng ko‘p miqdorda, ya’ni 124 ta xonadonlar sotildi, va albatta, yuqori darajadagi turar joy majmuasidagi apartamentlarning birinchi egasi boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson bo‘ldi.

Kompaniyaning eng qimmatli kapitali, shubhasiz, xodimlardir. Barcha o‘ylangan g‘oyalarni amalga oshirish uchun kompaniya tomonidan loyihalash, arxitektura, qurilish sohasidagi eng yaxshi mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar va ko‘plab boshqa yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi. Tashkent City’da o‘z hayotining yangi sahifasini boshlash arafasida turgan mijozlar katta jamoa ishining natijasi bo‘lmoqda.

Dream City Development kompaniyasi direktori Umarov Qosim Sadullayevich yil yakunlarini sarhisob qilmoqda: “Bir yil davomida biz yuqori darajadagi ko‘chmas mulk — bu katta salohiyatga ega mamlakat uchun kuchli sarmoya vositasi ekanligini isbotladik. Dream City Development kompaniyasining vazifasi – yuqori sifatli standartlarga javob beradigan ko‘chmas mulk obyektlarini yaratishdir. Bizning loyihalarimiz – bu zamonaviy maskanda puxta o‘ylangan, qulay va xavfsiz bo‘lgan hayotdir”.

Shuningdek, Dream City Development kompaniyasining bir yoshi bilan tabriklash uchun italiyalik xonanda va bastakor In-Grid (Ingrid Alberini) tashrif buyurdi. Savdo ofisiga tashrifi chog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar va takliflar bilan tanishib, xonanda O‘zbekiston va shahar rivojidagi yangi bosqich, kutilganidan ham yuqori va jahon ko‘chmas mulk obyektlari bilan to‘liq raqobatlasha oladigan bosqich ekanligini ta’kidladi.

Bugungi kunda kompaniya tomonidan noyob turar joy majmuasida apartamentlar va tijorat ko‘chmas mulklar hamda Boulevard savdo maydoni bunyod etilmoqda. Bu Tashkent City’dagi shinam va betashvish hayot uchun eng kichik jihatlarigacha puxta o‘ylangan 110 000 m2 maydondagi ko‘chmas mulkdir.

Shubhasiz, Dream City Development – bu mehnatga bo‘lgan yondashuv, o‘zimizga yuqori talablar va mamlakatimiz loyihalariga munosib ravishda belgilanadigan yangi bosqichdir.

Ishonamizki, ushbu dastlabki yil kompaniya uchun kelajakda yanada ulkan g‘alabalarning boshlanishi demakdir.

Yagona ma‘lumot markazi: (+998) 71?202?22?22

Manzil: Furqat ko‘chasi., Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan A. Navoiy prospektiga burilish joyi

Sotuv ofislarining ish jadvali: 09:00 dan 19:00 gacha, dam olish kunlarisiz.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют