» » Bahodir Turobov Hisob palatasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Bahodir Turobov Hisob palatasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi


Prezident farmoniga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir Turobov Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bahodir Turobov 1972-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1994-yili Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000-yili Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Bahodir Turobov 2011-yildan 2015-yilgacha Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Bosh boshqarma boshlig‘i sifatida mehnat qilgan. 2015-yildan 2017-yilgacha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2017-yildan 2018-yilgacha O‘zbekiston Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.

2018-yil dekabr oyidan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Bundan oldin, Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 13:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют