» » Farg‘onalik otaxon haj uchun yig‘gan pulini ko‘prik qurishga sarfladi

Farg‘onalik otaxon haj uchun yig‘gan pulini ko‘prik qurishga sarfladi


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi Qumariq mahallasi aholisi qishloqni kesib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalining narigi tomoniga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan ko‘prikning qurilganiga 38 yil bo‘lgan. Fuqarolar kanal yoqalab har kuni 5 kilometr masofani bosib o‘tishga majbur edi. Chunki taxta ko‘prikdan maktabga qatnovchi bolalar orasida kanal bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning tez-tez bo‘lib turishi odatiy holga aylanib qolgandi.

Shu qishloqda istiqomat qiluvchi Ergashali Shokirov bir necha o‘n yildan buyon Haj safari uchun mablag‘ jamg‘arib yurgan edi. Mahalladagi ko‘prik muammosiga ko‘z yuma olmagan Ergashali ota shu mablag‘ini zamonaviy va mustahkam ko‘prik qurish uchun sarf qildi. Natijada Katta Farg‘ona kanali ustida yana bir ixcham va mustahkam ko‘prik bunyod bo‘ldi.

Kanalning narigi tomonidagi yangi mahallalarda 40 dan ortiq xonadon bor. Endilikda bu xo‘jaliklardagi 100 dan ortiq o‘quvchi xavfsiz ko‘prik orqali maktabga qatnaydigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют