» » Sergey Lavrov: AQSh Yadroviy sinovlarni man etish haqidagi shartnomadan voz kechishga hozirlik ko‘rmoqda

Sergey Lavrov: AQSh Yadroviy sinovlarni man etish haqidagi shartnomadan voz kechishga hozirlik ko‘rmoqda


AQSh koinotga qurol-yarog‘ joylashtira boshladi va bunday harakatlarni taqiqlash borasidagi takliflarni rad etmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Lavrovga ko‘ra, Vashington Yadroviy sinovlarni man etish haqidagi shartnomadan voz kechishga hozirlik ko‘rmoqda. Shuningdek, muddati 2021-yil fevralida yakunlanadigan Strategik hujum qurollarini cheklash bo‘yicha shartnoma taqdiri ham mavhumligicha qolmoqda.

Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi rahbari AQSh 2002-yili raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklash to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqani, 2019-yil avgustida muddati yakuniga yetgan o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomani uzaytirish taklifiga aniq-tiniq javob bermaganini eslatdi.

Hozirda biz AQShda Yadroviy sinovlarni man etish haqidagi shartnomadan (hujjat Qo‘shma Shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinmagan) butkul voz kechishga asos yaratish uchun media-kampaniya boshlangani alomatlarini sezmoqdamiz. Bu dunyoda tinchlik va xavfsizlik uchun muhim hujjat kelajagini so‘roq ostida qoldiradi.

Sergey Lavrov, Rossiya tashqi ishlar vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют