» » Surxondaryoning Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryoning Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi


Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi vazifasidan ozod qilinib, yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot ximati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20-sentabr, juma kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Sessiyada Botir Alimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Sho‘rchi tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Yangi hokim etib Surxondaryo viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Xudoyberganov tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida,  Baxtiyor Xudoyberganov 1976-yilning 19-martida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Muzrabot tumani hamda Termiz shahar hokimliklari moliya bo‘limi mudiri, 2017-yildan viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют