» » Superliga. “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi, OKMK esa “Surxon”ga mag‘lub bo‘ldi

Superliga. “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi, OKMK esa “Surxon”ga mag‘lub bo‘ldi


20-sentabr, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida 3 ta o‘yin yakunlandi.

Samarqandning “Dinamo” jamoasi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 42-daqiqada urildi. Unga Andijon klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullayev mualliflik qildi.

Shu tariqa andijonliklar Samarqandda “Dinamo”dan 1:0 hisobida ustun keldi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Andijon” ochkolari sonini 20 taga yetkazib oldi va klub musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Dinamo” esa 18 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Shu kuni Samvel Babayan qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Qo‘qon-1912” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 35-daqiqasida Qo‘qon klubi yarim himoyachisi Suxrob Berdiyev hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqaga kelib “temiryo‘lchilar” a’zosi Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.

Natijada o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” 37 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” 21 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi Termizda “Surxon” bilan bellashdi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida Termiz klubi yarim himoyachisi Abror Ismoilov raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Bahs yakuniga ko‘ra hisob o‘zgarmadi va OKMK safarda kechgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Superliga

20-tur bahslari

20-sentabr, juma

Gol: 0:1 — 42 Shahzod Ubaydullayev

Gollar: 1:0 — 35 Suxrob Berdiyev, 1:1 — 67 Temurxo‘ja Abduxoliqov

Gol: 1:0 — 70 Abror Ismoilov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют