» » Kanye Uest ilk bor Forbes‘ning eng serdaromad reperlar reytingi peshqadamiga aylandi. Yeezy krossovkalari sharofati bilan

Kanye Uest ilk bor Forbes‘ning eng serdaromad reperlar reytingi peshqadamiga aylandi. Yeezy krossovkalari sharofati bilan


Forbes jurnali 2019-yilda eng ko‘p haq olgan hip-hop qo‘shiqchilari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatni amerikalik reper boshqarmoqda, u o‘tgan yilgi yetakchi Jay-Z’ni birinchi o‘rindan ikkinchi pog‘onaga tushirib qo‘ydi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

2019-yilda dunyoda eng ko‘p haq olgan 10 ta reper:

Taxminlarga ko‘ra, 2019-yilda Kanye Uest Adidas bilan birgalikda ishlab chiqarilgan Yeezy krossovkalaridan tushgan daromad 1,5 milliard AQSh dollaridan ko‘p bo‘ladi va bu qo‘shiqchini dunyoning eng ko‘p haq oluvchi reperga aylantirdi.

Jay-Z esa Beyons bilan birgalikda amalga oshirgan On The Run II tur konsertlari sabab 2-o‘rinda qoldi. Umumiy hisoblaganda, 20 ta eng asosiy serdaromad reper topgan mablag‘— 860 million AQSh dollarini tashkil etdi va bu 2018-yildagi ko‘rsatkichdan 33 foizga ko‘p.

O‘tgan yilgi reytingda Uest 27,5 million AQSh dollari ishlab topgan va 10-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga doir: Forbes dunyoning eng badavlat reperlari ro‘yxatini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют