» » Toshkentda 52 kishining arizasi asosida Human xususiy bandlik agentligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 52 kishining arizasi asosida Human xususiy bandlik agentligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


16-sentabr, dushanba kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMBga jamoaviy ariza kelib tushdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Jami 52 kishidan tashkil topgan va respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi arizachilarning ma’lum qilishicha, ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida taqdim etilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan Human bandlik agentligi MChJ bilan 2018-yilning noyabr oyidan 2019-yilning sentabr oyigacha shartnomalar tuzgan.

Shartnomalarga ko‘ra, MChJ ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada ishga joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Buning uchun har bir arizachi MChJning hisob raqamiga 18 dan 35 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni ko‘chirgan. Shu tarzda Human bandlik agentligi MChJning hisob raqamiga 52 nafar arizachidan umumiy miqdorda 1 670 500 000 so‘m kelib tushgan.

Biroq arizachilardan hech biri chet elda ishga joylashtirilmadi.

MChJ jabrlanuvchilarga pullarni qaytarib bermaganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘zining rasmiy saytida xabar bergan edi.

Tergovoldi harakatlari Yakkasaroy tumani IIO FMB va prokuraturasi tomonidan hamkorlikda olib borildi.

Natijada Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hozirgi vaqtda ayblanuvchi sifatida ushbu MChJ direktori 29 yoshli Shohnur F. jalb qilindi.

Yuqoridagi arizachilardan tashqari, ayni damda respublikaning boshqa viloyatlaridan ham arizachilar murojaat qilmoqda.

“Agarda siz ham ushbu agentlik harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu ish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-230-98-40 raqami orqali murojaat qiling”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют