» » Turkmanistonda shifokorlar ommaviy ravishda Turkiyaga ketmoqda. Kasalxonalarda bemorlarga qaraydigan odam qolmadi

Turkmanistonda shifokorlar ommaviy ravishda Turkiyaga ketmoqda. Kasalxonalarda bemorlarga qaraydigan odam qolmadi


Turkmanistondagi kasalxonalar va tez yordam stansiyalarida hamshiralar yetishmasligi kuzatilmoqda, deb yozadi Fergana News.

Qayd etilishicha, bu holat tibbiyot xodimlarining ommaviy ravishda Turkiyaga ishga ketayotgani bilan bog‘liq. Turkmanistonlik shifokorlar Turkiyada keksa insonlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarga qarashga ketmoqda.

Turkiyada ularning ishi uchun Turkmanistondagidan ancha yaxshi haq to‘lashadi. Xususan, Turkiyada ukol qilishni biladigan, yaralarni bog‘lay oladigan diplomli hamshira oyiga yeb-ichishi hamda yashash xarajatlaridan tashqari 550 dollardan 800 dollargacha pul ishlab topishi mumkin. Ularga haq to‘lanishi tajriba va tavsiyalarga bog‘liq.

Mari viloyatining Ioleten tumanida hamshiralar bir yarim stavkada ishlamoqda.

Ba’zida sanitar xodimlar ham hamshiralik qiladi. Bundan bir necha yillar oldin hamshiralarni 0,5-0,75 stavkaga ishga olishardi.

Tibbiy xodimlarning yetishmasligi boshqa muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Avvallari hamshiralar ota-onalarni emlash zarurati haqida ogohlantirib kelgan, ularning hisobini yuritgan. Hozir esa aholi o‘rtasida emlash madaniyati past darajada.

Turkmanistonda 2014-yildagi inqirozdan keyin mamlakatda mehnat muhojirlari soni keskin ortdi. Mamlakat fuqarolari uchun Turkiya eng ko‘p ishga ketilayotgan mamlakat bo‘ldi. Chunki turkmanistonliklar ushbu mamlakatda 30 kun vizasiz yashashi mumkin. Turkiyada Turkmanistondan minglab mehnat muhojirlari yashaydi va ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют