» » BMT: Osiyo—Tinch okeani mintaqasida har o‘ninchi fuqaro qashshoqlikda yashamoqda

BMT: Osiyo—Tinch okeani mintaqasida har o‘ninchi fuqaro qashshoqlikda yashamoqda


Osiyo—Tinch okeani mintaqasida 400 million kishi yoki deyarli har o‘ninchi fuqaro qashshoqlikda yashamoqda. BMT Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasining yangi hisobotida shu haqda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Komissiyaga ko‘ra, mintaqaning rivojlanayotgan davlatlariga qashshoqlik muammosiga har kuni duch kelayotgan aholining chorak qismi to‘g‘ri kelmoqda.

Hujjatda “hududlarni urbanlashtirish, kambag‘al shahar tumanlarini boshqarish samaradorligini oshirish, barqaror rivojlanishni ta’minlovchi infrastrukturaga investitsiyalar kiritish” mazkur muammoning hal etish usullari sifatida ko‘rsatilgan.

Hisobot hammualliflari bo‘lgan Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari Osiyo—Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga “iqlim o‘zgarishlariga bardoshli infrastruktura uchun har yili 1,7 trillion dollar talab etilishi”ni bildirdi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 16) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют