» » Dehqonobod tumaniga “Salomatlik poyezdi” yetib keldi

Dehqonobod tumaniga “Salomatlik poyezdi” yetib keldi


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan xayriya aksiyasining navbatdagi tadbiri Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir davomida Dehqonobod tumani markazi va Oqrabot qishlog‘idagi 2 mingga yaqin kishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi va nogironlarga, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga qariyb 1 milliard 400 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari, o‘quv qurollaridan iborat muruvvat yordami ko‘rsatildi.

Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, kasalliklarning oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют