» » “Yallama” postidagi jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan fuqarolarning aloqaga chiqishi so‘raldi

“Yallama” postidagi jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan fuqarolarning aloqaga chiqishi so‘raldi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiga qarashli “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda 5-avgust kuni DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan edi.

Mavzuga doir: “Yallama” postida haydovchilar va tadbirkorlardan pora olib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi

Ushbu jinoiy guruh a’zolari O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona postidan yuk avtotransport vositalarini navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va’da qilib, avtotransport vositalari haydovchilaridan hamda tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan muntazam ravishda pul olib kelishgan.

Xabar berishlaricha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayni vaqtda tergov organlari ushbu jinoiy guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan fuqarolarning aloqaga chiqishini so‘ramoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Agarda Siz ushbu jinoiy guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, (+99871) 259-35-40, (+99890) 950-04-40, (+99897) 443-00-22 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют