» » Millionlab odamlar shvetsiyalik maktab o‘quvchisi o‘ylab topgan iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha norozilik aksiyasida qatnashdi (video)

Millionlab odamlar shvetsiyalik maktab o‘quvchisi o‘ylab topgan iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha norozilik aksiyasida qatnashdi (video)


20-sentabr kuni dunyoning turli mamlakatlaridan millionlab odam iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha namoyishlarda qatnashdi, deb xabar beradi Meduza.

Mazkur aksiyani 2018-yilda shvedsiyalik maktab o‘quvchisi Greta Tunberg o‘ylab topgan. U hukumat iqlim bo‘yicha Parij bitimi shartlarini bajarmasa juma kunlari maktabga bormasligini e’lon qilgan. Bugungi kunda Tunbergning g‘oyasini butun dunyo qo‘llab-quvvatlamoqda.

Nyu-Yorkda yarim milliondan ortiq maktab o‘quvchilari shu turdagi norozilik askiyasida qatnashdi. Ayni vaqtda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Iqlim o‘zgarishiga bog‘liq sammitda Greta Tunberg ham qatnashmoqda.

O‘tgan yili Greta BMTning sammitida ishtirok etish uchun Atlantikani yelkanli kema orqali bosib o‘tib, AQShga kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют