» » Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati olimlarining ilmiy ishlanmalari namoyish etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati olimlarining ilmiy ishlanmalari namoyish etildi


Nukusda X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining hududiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘zlarining 200 dan ortiq innovatsion g‘oya, ishlanma, loyiha va yangi ishlab chiqilgan texnologiyalari bilan qatnashdi.

Namoyish etilgan ishlanmalar energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, xomashyo va yengil sanoat sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali o‘qituvchisi R.O‘teniyazov rahbarligidagi talabalar tomonidan yaratilgan dasturiy ishlanmalar, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali o‘qituvchisi R.Yusupovning qovun pashshasiga qarshi maxsus himoyalovchi vositasi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti katta o‘qituvchisi A.Ilyosovning qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalangan holda pishiq g‘isht ishlab chiqarish loyihasi mutaxassislar e’tiborini tortdi.

Yarmarkada tadbirkorlik subyektlari, agrofirmalar va ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo‘jaliklari bilan ko‘plab shartnomalar imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют