» » AQSh kongressi Barak Obamaning shaxsiy internet-ma’lumotlar himoyasi haqidagi qonunini bekor qildi

AQSh kongressi Barak Obamaning shaxsiy internet-ma’lumotlar himoyasi haqidagi qonunini bekor qildi


AQSh vakillar palatasi internet-provayderlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxsga sotish yoki berish huquqini cheklovchi qonunni bekor qilishga ovoz berdi, deb yozadi “Kommersant”.

Qonun kompaniya zimmasiga fuqaroning ruxsati bilangina uchinchi shaxsga “foydalanuvchining aniq manzili, moliyaviy ma’lumotlari, sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlar, farzandlari, ijtimoy sug‘urtasi, saytga necha marta kirganligi tarixi, ishlatgan dasturlari hamda internetda foydalanuvchilar bilan yozishmalarini” berish vazifasini yuklar edi.

Qonun o‘tgan yilning oktabr oyida, Donald Tramp mamlakat prezidenti sifatida saylanishiga bir necha kun qolganida Barak Obama ma’muriyati tomonidan qabul qilingan edi. Lekin bu Kongressda ko‘pchilikka ega respublikachilar hamda yangi prezidentga qonunni bekor qilishga to‘sqinlik qilmadi.

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi haqidagi qonun joriy yilning so‘ngida kuchga kirishi kerak edi, biroq AQSh Senati o‘tgan hafta uning bekor qilinishiga ovoz bergan edi. Vakillar palatasi ham bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют