» » Ravon Rossiya bozoriga qaytmoqda

Ravon Rossiya bozoriga qaytmoqda


Ravon kompaniyasi Rossiyada o‘z avtomobillari sotuvini qayta yo‘lga qo‘yadi. Brend 2018-yil bahorida tark etgan mamlakat bozoriga 2019-yil sentabrida qaytadi, deb xabar bermoqda Repost.

Sotuvga uch xil model: narxi 645 ming rubldan boshlanuvchi 85 ot kuchiga ega 1,2 litrli motor va 4 tezlik bosqichili “avtomat” xetchbek Ravon R2 (Chevrolet Spark), 670 ming rubldan boshlab 106 ot kuchiga ega, 1,5 litrli motor va 5 tezlik bosqichili mexanik o‘tkazgichli sedan Ravon Nexia R3 (avvalgi avlod Chevrolet Aveo) hamda 734 ming rubldan 6 tezlik o‘tkazgich qutisi bor “avtomat” transmissiyalisi, shuningdek transmissiyasiga qarab 678 ming va 743 ming rubldan boshlab Ravon R4 (Chevrolet Cobalt) chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil kuzida “O‘zAvto” kompaniyasi eskirgan UZ-Daewoo o‘rnida yangi Ravon brendidagi avtomobillar ishlab chiqarilishini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir:Ravon avtomobillarining Rossiya bozoridagi sotuvi sentabrdan boshlanadi

Mavzuga doir: Ravon uchun belgilangan yangi narxlar rossiyaliklarni hayratda qoldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют