» » AQSh va Kanadadagi qushlar soni 50 yil ichida 3 milliardga qisqardi. Sayroqi qushlar va chumchuqlar eng ko‘p talofat ko‘rgan

AQSh va Kanadadagi qushlar soni 50 yil ichida 3 milliardga qisqardi. Sayroqi qushlar va chumchuqlar eng ko‘p talofat ko‘rgan


Shimoliy Amerikada oxirgi 50 yilda qushlarning soni deyarli 30 foizga qisqardi. Bu haqda AQSh va Kanada tadqiqotchilari guruhining Science nashrida chop etgan hisobotida qayd etilgan, deb xabar berdi Meduza.

Olimlar tadqiqotlar davomida o‘nlab ornitologlar jamiyatlari va AQSh hamda Kanadaning turli qismlaridagi meteorologik radiolokatorlarda uzoq yillar davomida to‘plangan ma’lumotni umumlashtirgan holda tahlil qildi.

Natijada jami 529 turga mansub qushlar haqida axborotlar to‘plandi. Tadqiqot Shimoliy Amerikadagi yovvoyi hududdagi qushlar soni 1970-yildagiga nisbatan 2,9 milliardga kam ekanligini ko‘rsatdi.

Qushlar populyatsiyasi qisqarishining qariyb 90 foiz qismi nisbatan ko‘p tarqalgan 12 turdagi oilalarga taalluqli. Ular orasi chumchuqlar, qaldirg‘ochlar va sayroqi qushlar bor.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Kennet Rozenbergning aytishicha, ko‘p tarqalgan qushlar sonining qisqarishi kamyob qanotli do‘stlarning yo‘qolib ketishiga nisbatan olganda uzoq kelajakda jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu ko‘p tarqalgan qushlarning katta ekotizimlar normal faoliyatida muhim o‘rin tutishi bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotchilar qushlar soni keskin kamayishining aniq sabablarini keltira olmagan.

“Avvalgi tadqiqotlar bu atrof-muhitning ifloslanishi, zararkunandalar va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining kengayishi bilan bog‘liq jarayon”, — deb izohlaydi AQSh va Kanada tadqiqotchilari guruhi yetakchi muallifi Kennet Rozenberg.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют