» » “Endi men ham tadbirkorman!”

“Endi men ham tadbirkorman!”


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi O‘zanon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Muhriddin Sharipov “O‘zsanoatqurilishbank” taqdim etgan kredit asosida o‘z biznes loyihasini hayotga tatbiq etdi.

Kishi biror maqsadni o‘z oldiga qo‘ydimi, unga qarab dadil harakatlansa, hech bir to‘siq yo‘liga g‘ov bo‘lolmas ekan. Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimdanoq tadbirkor bo‘lishni orzu qilardim. Har xil rejalar tuzardim. Mening bu orzularimga nisbatan “Tadbirkorlikni boshlash uchun kattagina mablag‘ kerak, kim ham shuncha pulni berardi”, deganlar ham bo‘ldi. Ammo ruhimni cho‘ktirmadim, imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildim.

Buni qarangki, “O‘zsanoatqurilishbank” Buxoro mintaqaviy filiali xodimlari xuddi men o‘ylab yurgan savollarni eshitganday, menga yordam qo‘lini cho‘zishga kelganday xonadonimga tashrif buyurib, aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, tadbirkorlik sohasiga birinchi qadamini tashlayotgan yoshlarga amaliy yordam berishlarini aytishdi. Imkoniyatning o‘zi eshik qoqib kelganiga hech ishongim kelmasdi. Men imkoniyatim va qiziqishimdan kelib chiqib, parrandachilik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha bank xodimlari ko‘magida biznes-rejamni tuzdim. Biznes-rejani yaxshilab pishitgach, bank menga 7 million so‘m kredit ajratdi. Ushbu mablag‘ga 280 bosh parranda sotib oldim.

Xuddi tushga o‘xshaydi. Men havas bilan qaragan tadbirkorlarga bugun hamkasb bo‘ldim. Endi tadbirkorligimni rivojlantirish uchun chin dildan mehnat qilishim kerak.

Muhriddin Sharipov, tadbirkor

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (30-03-2017, 14:58)
+1 (голосов: 1)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют