» » Yaman prezidenti Eronni mintaqada terrorizmni uyushtirishga harakat qilishda aybladi

Yaman prezidenti Eronni mintaqada terrorizmni uyushtirishga harakat qilishda aybladi


Yaman prezidenti Abd-Rabbu Mansur Hodiy Eronni mintaqada terrorizmni ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi. Yaman yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Tehron “mintaqadagi terroristik tashkilotlarni boqmoqda”, deb xabar beradi “TASS”.

“Isyonchi xusiylar bo‘linmasi Eron ko‘magida Yamanda amaldagi  vaziyatini o‘zgartirishga harakat qilmoqda, mamlakat rahbarlari esa bunga yo‘l qo‘ya olmaydi”, — deb ta’kidladi Mansur Hodiy, Iordaniyada bo‘lib o‘tayotgan arab davlatlar ligasi sammiti doirasidagi chiqishida.

Mansur Hodiyning aytishicha, “ayni vaqtda Yaman hududining 80 foizdan ortig‘i davlat hukumati nazorati ostida”.

Shu bilan birga Yaman hukumati jangovar harakatlar oqibatida mamlakatdagi yuz bergan vayronagarchiliklarni barataraf etishda arab davlatlarining yordamiga juda muhtoj ekanligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют