» » Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi

Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi


20-sentabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi hamda shahar Kengashi hamkorligida Navoiy shahar “Yoshlar markazi”da “Ezgulikka hissangni qo‘sh!” shiori ostida “Tinchlik uchun” xalqaro xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyaning tashkil etilishidan asosiy maqsad — Afg‘onistonda yashovchi ota-ona qaramog‘isiz qolgan, og‘ir sharoitlarda yashayotgan etnik o‘zbeklar yoshlarining muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Aksiyada Navoiy shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonining 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi.

Shuningdek, aksiya doirasida kitoblar ko‘rgazmasi, konsert dasturi tashkil etildi. Xayriya aksiyasi natijasida ko‘ngillilar tomonidan 60 dona lotin grafikasidagi o‘zbek tilidagi badiiy adabiyot namunalari, o‘quv darsliklari va 40 dona o‘quv qurollari hadya qilindi.

Aksiya doirasida kelib tushgan barcha jihozlar O‘zbekistonning Afg‘onistondagi bosh konsulxonasi yordamida “O‘zbekiston temir yo‘llari” orqali Afg‘onistonga jo‘natiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют